Joriy yilning 1 dekabr kuni Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi boshligʼining oʼrinbosari, yu.f.b.f.d (PhD), dotsent, podpolkovnik Oʼ.M.Davletov Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bagʼishlab tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, “Fuqarolik ishlari boʼyicha sudlarga tegishli ishlar toifalari, sud protsessida ishlarni koʼrib chiqish tartibi va sud qarorlarini chiqarishda eʼtibor qilinadigan jihatlar” mavzusidagi maʼruza bilan chiqish qildi.