Zirhli texnikalarni boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

Zirhli texnikalarni boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Zirhli va avtomobil texnikalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning 15-18 aprel kunlari universitetning 4-bosqich “Maxsus vazifalarni bajaruvchi qo‘shinlarning taktik-qo‘mondonligi” ta’lim yo‘nalishi kursantlari bilan zirhli texnikalarni boshqarish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqichda kursantlar zirhli transportyorlarning tuzilishi, ularning taktik-texnik tasniflari va haydash asoslari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini mustahkamlashdi. Ikkinchi bosqichda esa universitetning maxsus taktik maydonchasida BTR-80 va BTR 70D zirhli transportyorlarini amaliy boshqarish ko‘nikmalari takomillashtirildi. Ushbu bosqichda dastlab kursantlar zirhli texniklarning boshqaruv paneli, o‘t oldirish tizimlarini ishlatish bo‘yicha tajriba orttirishdi. Shundan so‘ng kursantlar texnikalarni joyidan qo‘zg‘atish, ularni to‘xtatish hamda orqaga harakatlantirish mashqlarini amalda bajarishdi. Ushbu mashg‘ulotlar 4-bosqich kursantlari uchun yakuniy davlat attestatsiyaga tayyorgarlik bosqichini ham o‘tab berdi. 

167
Chop etish
Text to speech