Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimli asosda amalga oshirilmoqda. Shaxsiy tarkibni oʻqitish boʻyicha yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish maqsadida, Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida joriy yilning 15 fevral kunidan 16 mart kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tegishli boʻlinmalarining mutaxassislarini jalb etgan holda oʻquv yigʻinlari oʻtkazildi. Oʻquv jarayonida ilgʻor texnika vositalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samarali qoʻllanilishi natijasida, oʻrganuvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi. Oʻquv yigʻini yakunidan soʻng, tinglovchilarga tantanali tadbirlar davomida belgilangan na'munadagi sertifikatlar topshirildi.