2025-yilning 3-mart kunidan 20-mart kuniga qadar, Universitet bazasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ofitserlar tarkibining malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi. O‘quv jarayonida ilg‘or texnika vositalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llanilishi, ofitserlarning tegishli vazifalar ijrosiga shaylik darajasini sifatli belgilashga va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qildi. O‘quv yig‘ini yakunidan so‘ng, tinglovchilarga tantanali tadbirlar davomida belgilangan na’munadagi sertifikatlar topshirildi.