2024 yil 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Harbiy –vatanparvarlik, ma’naviy – ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash» kafedrasi tashabbusi bilan “Yoshlarda harbiy–vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada Universitetning magistratura tinglovchilari, kursant va talabalari hamda Universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad aqlan yetuk, qadriyatlarni hurmat qiluvchi, vatanparvar, faol, o‘z vataniga sidqidildan xizmat qiluvchi, harbiy sohadagi bilmlarni egallagan holda davlatni tinchlik davrida, harbiy sharoit va vaziyatlarda yuksak ma’suliyatni his qilgan holda yurt himoyasiga shay turuvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning psixologik mexanizmlarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari, yu.f.d., prof., mayor Zulfiqorov Sherzod Xurramovichning kirish so‘zi bilan boshlab berildi. So‘ng, konferensiyaga tashrif buyurgan ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muxofaza qiluvchi organlar Akademiyasidan psixol.f.d. (DSc), professor Sattorov Erkin Niyozmetovich, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasidan kafedra katta o‘qituvchisi mayor Shermatova Nazokatxon Safarovna, Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetidan psixologiya kafedrasi professori, psixol.f.d. (DSc), Shamshetova Anjim Karamatdinovna, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixol.f.n.,dotsent Tursunov Lutfullo Sayfullayevich, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazarligi Axborot kommunikasiya texnalogiyalari va aloqa harbiy institutidan kafedrasi boshlig’i, podpolkovnik Saidjanov Farxod Madraximovichlar ma’ruzalari bilan so‘zga chiqishdi. Konferensiya yakunida bildirilgan taklif va xulosalar muhokama qilindi hamda eng yaxshi ma’ruzachilar aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.