Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari о‘rtasida xizmat intizomi va sog‘lom axloqiy-ruhiy muhitini mustahkamlash hamda 2023-2024 о‘quv yili davomida Oliy-harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini harbiy-vatanparvarlik, ruhida tarbiyalash maqsadida hamkorlikda tuzilgan rejaga asosan O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasida joriy yilning 25-aprel kuni “Eng yaxshi kitobxon” kо‘rik tanlovi о‘tkazildi. Ushbu kо‘rik tanlovda Universitet kursantlaridan iborat “Yosh gvardiyachilar” jamoasi munosib ishtirok etib, ushbu ko‘rik-tanlovining “Targ‘ibotchi kitobxon” nominatsiyasi bo‘yicha diplom, statuetka va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.