Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning innavatsion yo‘nali…

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning innavatsion yo‘nalishlari

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi tashabbusi bilan 2024 yil 22 fevral kuni “Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning innavatsion yo‘nalishlari” mavzusidagi metodik konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyaning asosiy maqsadi sifatida yetim va ota- ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning farovonligini ta’minlashning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Metodik konferensiya yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash eng dolzab masalalari muhokama qilindi. Tadbir so‘ngida konferensiya ishtirokchilarI tomonidan muhokama etilgan masalalar hamda berilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan rezolyusiya qabul qilinib, kelgusidagi hamkorlik ishlari kelishib olindi.

1251
Chop etish
Text to speech