“Yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bilan ishlash tizimi joriy etildi

“Yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bilan ishlash tizimi joriy etildi

Globallashuv jarayonlari shiddatli amalga oshayotgan bugungi zamon ta’limga mutlaqo yangicha yondashishni talab etmoqda. Bu borada tizimga yangicha noan’anaviy metodikalarni joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi”. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida ham professional kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan kursantlarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab, ular bilan “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratgan holda ish olib borish tizimining joriy etilganligini shular sirasiga kiritish mumkin. Ushbu tajriba sinov tarzida “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishi birinchi bosqich kursantlariga joriy etilib, undan ko‘zlangan maqsad – ta’limda differensial yondashuvni ta’minlash, kursantlarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish samaradorligini yanada oshirish hamda zamon talablariga mos psixolog-kadrlar tayyorlashdan iborat. Kursantlarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish metodikasi “Umumiy psixologiya”, “Axborot xavfsizligi psixologiyasi”, “Umumiy pedagogika. Harbiy pedagogika” fanlari kesimida amalga tadbiq etilgan bo‘lib, turli toifadagi kursantlarga alohida ravishda metodik materiallari tayyorlandi. Yakuniy va oraliq nazoratlari ham toifalardan kelib chiqqan holda differensial yondashuv asosida tashkil etiladi. 2024-yilyilning 27-mart kuni “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” yo‘nalishi birinchi bosqich kursantlari bilan uslubiy-yo‘riqlov mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda 3-kursantlar batalyoni qo‘mondonligi, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Mashg‘ulotda so‘zga chiqqanlar kursantlarga “Yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar bilan ishlash tizimi haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, mazkur toifaga kiruvchi kursantlarga differensial tarzda tayyorlangan metodik materiallar hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan “Psixologik atamalar lug‘ati” topshirildi.

467
Chop etish
Text to speech