Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida joriy yilning 12 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universiteti 2-kursantlar bataloni shaxsiy tarkibi uchun poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi” va undagi “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkillashtirildi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad, harbiy xizmatchilar ongida milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizga hurmat va extirom hislarini oshirish, yuksak estetik did va axloqiy me'yorlarini shakllantirish, Oʻzbekiston xalqining boy tarixi, madaniyati, an'analari va urf-odatlariga hurmat, milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini ommaviy tadbirlar orqali singdirishdan iboratdir.