O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmoning tegishli bandlarida Milliy gvardiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosi ta’minlash maqsadida, joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi “Chjensjyan Normal” universitetining professor-o‘qituvchilari Dr.Ghulam Mustafa va Dr. Faisal Javed (Pokiston Respublikasi fuqarolari) tashrifi amalga oshirib Universitet professor-o‘qituvchilari bilan master-klass mashg‘ulotini o‘tkazishdi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad “Oliy ta’lim muassasasining xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha master-klass” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish. Mashg‘ulotda Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining o‘rinbosari mayor Sh.X.Zulfiqorov rahbarligida bir qator Universitet professor-o‘qituvchilari, magistratura fakulteti tinglovchilari va harbiy xizmatchilari ishtirok etdi. Universitet professor-o‘qituvchilari va shaxsiy tarkibi uchun taklif etilgan xorijiy mutaxassislar tomonidan oliy ta’lim muassasasining xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha atroflicha ma’lumot beruvchi taqdimot namoyish etildi. Tashrif yakunida, Universitet rahbariyati tomonidan delegatsiya a’zolariga milliy hunarmandchilik namunalaridan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.