Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida 2024 yil 19 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Ibn Sino nomidagi Prezident maktabi 45 nafar oʻquvchi-yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirga tashrif buyurgan oʻquvchi-yoshlar universitet hududlari, sport shaharchalari, oʻquv binolari, axborot-resurs markazi, kursantlar yotoqxonasi va oshxonasi, ma'naviyat va ma'rifat markazi, xizmat otlari va xizmat itlarini tayyorlash markazida zamon talablari asosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi hamda tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga universitet mas'ul harbiy xizmatchilari tomonidan javoblar oldi. Shuningdek, oʻquvchi-yoshlar e'tiboriga kursantlar tomonidan koʻrgazmali qoʻl jangi chiqshlari namoyish etildi.