Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 fevraldagi “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzariklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini yuzasidan joriy yilning 6 fevral kuni Jamoat xavfsizligi universiteti Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarini tashkil etish boʻlimi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor hamda Yangi hayot tumani umumta'lim maktablari 200ga yaqin 10-11 sinf oʻquvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirga tashrif buyurgan oʻquvchi-yoshlar Universitet hududlari, sport shaharchalari, oʻquv binolari, axborot-resurs markazi, kursantlar yotoqxonasi va oshxonasi, ma'naviyat va ma'rifat markazi, xizmat otlari va itlarini tayyorlash markazida zamon talablari asosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi hamda tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga Universitet mas'ul harbiy xizmatchilari tomonidan javoblar oldi.