VOLEYBOL BOʻYICHA MILLIY GVARDIYA BIRINCHILIGI O'TKAZILDI

VOLEYBOL BOʻYICHA MILLIY GVARDIYA BIRINCHILIGI O'TKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan sportning voleybol turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan Milliy gvardiya boʻlinmalari oʻrtasida Respublika birinchiligi oʻtkazildi. Prezidentimizning 2024-yil 19-iyuldagi “Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jamoalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda sportning, ayniqsa, voleybol musobaqalarining alohida oʻrni bor. Prezidentimiz qarorori asosida Milliy gvardiya boʻlinmalarida sportning voleybol turini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan, 2025-yil uchun tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ommaviy sport va uslubiy tadbirlar rejasida ham voleybol musobaqalariga keng oʻrin berilgan. Ana shu reja asosida joriy yilning 8-11 yanvar kunlari sportning voleybol turi boʻyicha Milliy gvardiya Respublika birinchiligi oʻtkazildi. Musobaqalar 2 bosqichda tashkil etildi. Ya'ni, 1-saralash bosqichida hududiy boshqarma va harbiy qismlarning terma jamoalari 6 guruhda oʻzaro bahs olib bordilar. Qizgʻin, murosasiz kechgan final bosqichiga Jamoat xavfsizligi universiteti sport majmuasi mezbonlik qildi. Bu musobaqalarni oʻtkazishdan yana bir maqsad katta maydonlarda Milliy gvardiya sharafini koʻkka koʻtaradigan terma jamoani shakllantirish boʻldi. Nihoyat, Milliy gvardiya Respublika birinchiligining eng sara jamoalari shohsupaga koʻtarildilar. Musobaqa yakuniga koʻra 3-oʻrin Qoʻriqlash bosh boshqarmasiga, 2-oʻrinni Milliy gvardiyaning Toshkent shahrida joylashgan brigadasiga, 1-oʻrinni esa Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatida joylashgan brigadasiga nasib etdi.
Gʻolib jamoalar Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan diplom, medal va kuboklar bilan taqdirlandilar.

127
Chop etish
Text to speech