VATANGA QASAMYOD – SADOQAT BAYOTI VA SODIQLIK ONTI!

VATANGA QASAMYOD – SADOQAT BAYOTI VA SODIQLIK ONTI!

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida yosh askarlarni Vatanga va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatiga kirish qasamyodlarini qabul qildirishga bagʻishlangan tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar qasamyod har bir Vatan himoyachisi uchun muqaddas ekanligini, unga sodiqlik – berilgan va'daga vafo, or-nomusni himoya qilish kabi haqiqiy vatanparvarlarga xos boʻlgan xususiyatlardan biri sanalishini e'tirof etdi.Shundan soʻng, yosh askarlar Vatanga va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatiga kirish qasamyodlarini qabul qildilar. Shuningdek, tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devon ofiserlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi a'zolari, Oʻzbekiston xalq artistlari, Universitet Faxriylar kengashi raisi va a'zolari Minbarda soʻzga chiqqanlar yosh askarlarni qasamyod qabul qilganliklari bilan samimiy qutladi. Soʻngra, harbiy orkestr sadolari ostida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi. Shundan soʻng, tadbir qatnashchilariga Universitet kursantlaridan iborat boʻlgan qurol guruhi tomonidan "Safona" va “Qoʻl jangi” kabi koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, Harbiy musiqa akademik litseyi “Zarbli cholgʻular ansambli”ning chiqishlari hamda xalqimiz ozodligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan ma'rifatparvar jadid bobolarimiz haqida kuy va qo'shiqlar kuylanib, badiiy sahna ko'rinishlari ijro etildi. Yosh askarlarning qasamyodiga bagʻishlangan tantanali marosimdan soʻng, askarlar uchun konsert-dasturlari namoyish etildi. Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari Milliy gvardiyaga qarashli barcha harbiy qismlarda yuqori saviyada oʻtkazilmoqda.

402
Chop etish
Text to speech