Toshkent viloyati Zangiota tumanida jamoat xavfsizligiga ehtimoliy xavf-hatarlarni ilmiy y…

Toshkent viloyati Zangiota tumanida jamoat xavfsizligiga ehtimoliy xavf-hatarlarni ilmiy yondashuv asosida oʻrganis…

Avvalo, shuni alohida ta'kidlash joizki, ishchi guruh tomonidan manzilli chora-tadbirlar dasturi asosida Zangiota tumanining “jinoyat oʻchoqlari” boʻlgan hudud va ob'ektlarni aniqlash, “Qizil” toifaga olingan mahallalarining ijtimoiy-iqtisodiy hamda kriminogen vaziyatini oʻrganish, aholi xavfsizligiga ta'sir qilishi mumkin boʻlgan ehtimoliy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan ilmiy yondashuv asosida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotga keng tadbiq qilish maqsad qilingan.  Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, kriminogen vaziyatni joylarga chiqqan holda, mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning va ularni qiynayotgan kundalik maishiy muammolari boʻyicha murojaatlari tinglandi. Zangiota tumanidagi aholi gavjum joylarda, oila-turmush doirasida jinoyatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash borasida hodisa joylarida tekshirishlar oʻtkazilib, chora-tadbirlar koʻrilib kelinmoqda. Shu bilan birga, tumanda jinoyat sodir etilishiga sun'iy ravishda imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar, mahalla hududlaridagi ovloq hamda nazoratsiz joylar manzilli ravishda oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar, xususan ovloq hududlarni kameralashtirish, kam energiya sarflovchi yoritish vositalari bilan jihozlash va boshqa amaliy ishlar olib borilmoqda. Qolaversa, mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol yuzasidan oʻrganishlar davomida mahallada ijtimoiy muhtoj reestrga roʻyxatga olingan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bir qancha fuqarolar bilan mavjud iqtisodiy tang ahvoldan chiqish hamda tegishli chakana ishlab chiqarish hamda mehnatga layoqatli fuqarolarni boʻsh ish oʻrinlariga yoʻnaltirish boʻyicha amaliy ishlar tashkil etilmoqda. Ishchi guruh a'zolari tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi mahallalar, umumta'lim maktablari, savdo komplekslari, bozorlar hududi hamda istirohat bogʻlari atroflicha oʻrganilib, mavjud kamchiliklar boʻyicha ilmiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, Zangiota tumanining mavjud yuqori iqtisodiy salohiyati va oʻsib borayotgan aholi sonini inobatga olgan holda yuz berishi mumkin boʻlgan iqtisodiy, ijtimoiy, kriminogen va boshqa xavf-xatarlar ilmiy ravishda tadqiq etilmoqda. Bunda, bozorlar hududida aholini favqulodda vaziyatlarda evakuasiya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligiga salbiy ta'sir qiluvchi omillar oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy, zamonaviy fan-texnika yutuqlari asosidagi echimlar boʻyicha taklif hamda tavsiyalar berilmoqda. Ishchi guruh faoliyati aholining xavfsiz va barqaror turmush tarzini ta'minlashga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni shakllantirish boʻlib hisoblanadi. Shu bois, Zangiota tumani mutasaddilari, mahalla faollari va fuqarolar bilan oʻrganish jarayonida yuzaga kelayotgan barcha holatlarni batafsil muhokama qilgan holda oʻrganilmoqda. Bunda aholi oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar, intervyu va boshqa tadqiqot usullari qoʻllanilayotganligini ham alohida e'tirof etish lozim. Quvonarlisi, mazkur oʻrganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan amaliy chora-tadbirlar belgilanganligi, aholining koʻtarinki kayfiyati va mamnuniyatiga sabab boʻlmoqda.

444
Chop etish
Text to speech