О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasi Milliy gavrdiyasi tashabbusi bilan Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida “Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga milliy armiyamizdan faxrlanish tuygʻularini singdirish kabi ezgu gʻoyalarni oʻzida mujassamlashtirgan ushbu tanlovda adabiyotdan yiroq boʻlmagan 700 ga yaqin kursantlar, muddatli harbiy xizmatchilar hamda talabalar ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilarining insholari hakamlar hay’ati tomonidan adolat va shaffoflik tamoyillari asosida baholandi. “Posboniman muqaddas yurtning" mavzusida insholar tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar Milliy gvardiya hamda Universitet qoʻmondonligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.