Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarni tubdan rivojlantirish, bu borada mahalla rol…

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarni tubdan rivojlantirish, bu borada mahalla rolini oshirish orqali xalq …

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakilaridan iborat respublika ishchi guruhi va Jizzix viloyati hokimligi bilan hamkorlikda joriy yilning 1-3 iyul kunlari Jizzax viloyatining Arnasoy, Forish va Yangiobod tumanlarida sektor rahbarlari, viloyat va tuman tashkilotlaridan vakillar hamda 46 ta mahallaning yettiligi, jami 385 nafar ishtirokchilar (shulardan 288 nafari mahalla yettiligi a'zolari)ga “Mahallalarda kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash va jinoyatchilikni kamaytirish” mavzusidagi dastur asosida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari Alisher Umarov, Anvar Yuldashev va Shavkat Asadov, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari Maxsatullo Maxsadov va Umid Sunnatov va Davlat boshqaruvi akademiyasi “Guliston” hududiy filiali direktori Azamat Shoimqulovlar moderatorlik qilib bordilar.
Arnasoy, Forish va Yangiobod tumanlari hokimligida tashkil etilgan oʻquv-seminar davomida aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash va ularni hal etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ta'minlash hamda murojaatlar bilan ishlashni kuchaytirish borasida masalalar muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida ishchi guruh a'zolari mazkur tumanlarning qizil toifaga kirgan mahallalariga borib, mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, qizil toifaga kirish sabab va sharoitlari, mahallalarning drayver sohalari, hududlarning invistitsiyaviy imkoniyatlari, qizil toifadan yashil toifaga oʻtkazish omillarini aniqlash va mahalla yettiligiga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha ilmiy va amaliy maslahatlar berib oʻtdilar

1289
Chop etish
Text to speech