“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni” bayrami munosabati bilan “Yangi xayot uchun…

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni” bayrami munosabati bilan “Yangi xayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun…

Sport insonni nafaqat jismoniy, ma'naviy kamol topishida ham muhim oʻrin tutadi. Yoshlarni Vatanga sadoqatli, elga fidoyi, osoyishtalikning mustahkam qalqonlari etib tarbiyalash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tashabbusi bilan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari oʻrtasida spartakiada musobaqalari oʻtkazildi. “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun” degan gʻoya ostida maydonga tushgan Jamoat xavfsizligi universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Bojxona qoʻmitasining bojxona instituti, Mudofaa vazirligining Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti kabi nufuzli oliy harbiy ta'lim muassasalarining 195 kursanti gʻalaba ishtiyoqida barcha imkoniyatlarni ishga soldilar. Kuch, mahorat va ma'naviyat bellashuvlaridan tarkib topgan spartakiada musobaqalarining aynan Konstitusiya kuni bayrami arafasida oʻtkazilishida ham oʻziga xos ma'no bor. Sport va ma'naviyat bellashuvlarida baxslar qizgʻin va murosasiz kechdi. Yurtdoshlarimiz xavfsizligini ta'minlashni oliy maqsad deb bilgan yoshlarning intellektual va professional jihatdan etuk mutaxassis boʻlib etishuvida bunday musobaqalar alohida oʻrin tutadi. Spartakiada kundaligiga muvofiq musobaqalar dastlab saf qoʻshiqlari koʻrik-tanlovi bilan boshlandi. Shahdam, bir tekis tashlanayotgan qadamlar, ularga hamohang taralgan navolar barchaning e'tiborini tortdi. Navbatdagi bosqichlar sport maydonida kechdi. Gimnastika ogʻir va engil atletika elementlarini oʻzida jamlagan zamonaviy sport turi hisoblangan krossfit musobaqasi ham murosasiz bellashuvlar asosi boʻldi. Oʻziga ishongan, Vatan taqdiri uchun mas'uliyatni oʻz zimmasiga oladigan, kelajagi buyuk davlatni barpo etishga qodir yoshlar imkoniyatlarini napmoyish etishida bu yangi sport turi oʻziga xos oʻrin tutadi. Konstitiusiya kuni arafasida oʻtkazilgan ushbu spartakiada musobaqalari yakuniga koʻra umumjamoa hisobida Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari mutloq gʻolib deb topildi. Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti jamoasi 2-oʻrinni va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoasi faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

314
Chop etish
Text to speech