Universitet talabasi Maftuna Atamuradova Jahon kubogida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritd…

Universitet talabasi Maftuna Atamuradova Jahon kubogida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 30 yanvar – 7-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan Armrestling bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Universitet Maxsus fakulteti Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Atamuradova Maftuna Voxobjon qizi o‘ng va chap qo‘ldagi musobaqalarda ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 20 ga yaqin mamlakatlardan sportchilar ishtirok etayotgan bo‘lib, talabamiz barcha raqiblarini dog‘da qoldirib eng yuqori natijaga erishdi. Talabamiz sharafiga Davlat madhiyasi yangrab bayrog‘imiz yuqori ko‘tarildi.

Talabamizni samimiy tabriklab kelgusi musobaqalarda omad va zafarlar tilaymiz.

2960
Chop etish
Text to speech