Joriy yilning 20 may kuni “Harbiy vatanparvarlik, ma’naviy – ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash” kafedrasi tashabbusi bilan Jamoat xavfsizligi universitetida psixologiya ta’lim yo‘nalishida iqtidorli talabalar o‘rtasida 10-dan ortiq Oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida Universitetlararo psixologiya fan olimpiadasining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Kirish qismida Universitet boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor, mayor Sh.X.Zulfiqorov o‘zining kirish so‘zi bilan “Umumiy psixologiya” fanidan fan olimpiadasini ochib berdi. Universitetlararo psixologiya fan olimpiadasida Jamoat xavfsizligi universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Миллий pedagogika universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Alfraganus universiteti, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, Toshkent amaliy fanlar universiteti va boshqa Oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari qatnashdilar. Universitetlararo psixologiya fan olimpiadasining Respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni Jamoat xavfsizligi universiteti Mahsus fakul’tet 2-bosqich psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi Jaynarova Baxora, faxrli ikkinchi o‘rinni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi Abduraxmonova Movluda hamda faxrli uchunchi o‘rinni Alfraganus universiteti psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabasi Umurzoqova Gulchexralar egalladi. Universitet boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari mayor Sh.X.Zulfiqorov g‘olib va faxrli o‘rinlarni egallagan talabalarni Universitet boshlig‘ining diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.