Universitetda harbiy xizmatchilar ayniqsa kursantlar hamda muddatli harbiy xizmatchilarining dam olish kunlarida madaniy hordiq olishlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlab Zakovat intellektual o‘yinining “Universitet boshlig‘i kubogi” o‘tkazildi.Intellektual o‘yin doirasida kursantlar va muddatli harbiy xizmatchilardan iborat jamoalar Amir Temurning hayoti, Temur tuzuklari, harbiy sarkardalik va me’morchiligiga oid savollar yuzasidan o‘zaro belashdilar.Murosasiz va qizg‘in kechgan o‘yin yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi.
3-o‘rinni Universitet 2-kursantlar batalonining “The Best” jamoasi
2-o‘rinni Universitet 3-kursantlar batalonining “ChatGPT” jamoasi
1-o‘rinni Universitet 3-kursantlar batalonining “Alfraganus” jamoasi egallab Universitet boshlig‘ining ko‘chma kubogi bilan taqdirlandi.