Universitetda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi va hamkorlik memorandumini imzolash m…

Universitetda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi va hamkorlik memorandumini imzolash marosimi o‘tkazildi

“26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi amaliyotchi xodimlari va qator oliy harbiy ta’lim muassasalarining professor-о‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi va О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti  о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

 

1099
Chop etish
Text to speech