Universitet talabasi ikki karra O‘zbekiston chempioni

Universitet talabasi ikki karra O‘zbekiston chempioni

Joriy yilning 3-4-fevral kunlari Samarqand shahrida sportning ARMWRESTLING turi bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi. Unda Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus fakultet 1-bosqich talabasi Atamuradova Maftuna Voxobjon qizi Erkak va ayollar o'rtasida va O'g'il bolalar va qiz bolalar o'rtasida chap qo'lda 55 kg vazn toifasida 1-o'rinlarni egalladi va O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Fursatdan foydalanib Universitet rahbariyati va shaxsiy tarkibi talabamizni samimiy tabriklab, kelgusida o'qish va sport musobaqalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

1205
Chop etish
Text to speech