Jamoat xavfsizligi universiteti yana bir katta sport bayramiga mezbonlik qilmoqda

Jamoat xavfsizligi universiteti yana bir katta sport bayramiga mezbonlik qilmoqda

Joriy yilning 5-noyabrda Jamoat xavfsizligi universitetining muhtasham sport saroyida “Ozbekiston kasaba uyushmalari kuni” oldidan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida oliy-harbiy va harbiylashtirilgan ta`lim muassasalari kursant va talabalari spartakiadasining tantanali ochilish marosimi bo`ldi. Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig'i, polkovnik Mirzayusuf Rustambayev spartakiadani ochiq deb e`lon qilgach so`z O'zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Anvarjon Abdumuxtorovga berildi. U tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, ishtirokchilarga g`alabalar tiladi. Shundan keyin so`zga chiqqanlar ham mazkur spartakiada ananaviy tus olishiga tilak bildirdilar. Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy orkestri davraga yanada ko`tarinki ruh bag`ishladi. Tantanali ochilish marosimdqan so`ng Jamoat xavfsizligi universitetinung keng, yorug` sport zallari, maydonlari qizg`n musobaqalar shukuhiga to`ldi. Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Amir Temur nomidagi Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Bojxona qo`mitasining bojxona instituti, O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti sport jamoalarining har bir chiqishini muxlislar katta olqish va hayajon bilan qutladilar. “Ozbekiston kasaba uyushmalari kuni” oldidan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida oliy-harbiy va harbiylashtirilgan ta`lim muassasalari kursant va talabalari spartakiadasiga start berildi. Bu nufuzli sport bayrami necha yillar an`anaviy davom etib, yangi-yangi sport yulduzlarini kashf etishiga ishonamiz.

298
Chop etish
Text to speech