Universitet kinologlari xalqaro musobaqalarda eng yuqori o'rinlarni egallashda davom etmoq…

Universitet kinologlari xalqaro musobaqalarda eng yuqori o'rinlarni egallashda davom etmoqda

Joriy yilning 28-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Bojxona Qo'mitasi Milliy Kinologiya Markazi tomonidan “Alfa Dog” hamda "Bahor'' xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda barcha kuch tuzilmalari kinolog markazlari va havaskor kinologlar ishtirok etdi. Milliy gvardiya nomidan Jamoat xavfsizligi universiteti kinologiya markazi harbiy xizmatchilari va xizmat itlari ishtirok etdi. Musobaqada “Lara” laqabli xizmat iti nemis ovcharkasi zoti bo’yicha faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi. Shuningdek, “Sandra” laqabli xizmat iti ovcharkasi "zoti" bo’yicha yosh itlar o’rtasida faxrli birinchi o’rinni shuningdek, musobaqada ishtirok etayotgan barcha yosh itlar o’rtasida “Eng Nasildor it” nominatsiyasini qo’lga kiritdi. Ta’kidlash kerakki, bu kabi natijalarga universitet kinologiya markazi bir necha yillardan beri erishib kelmoqda va faxrli o’rinlarni egallamoqda. Fursatdan foydalanib Universitet rahbariyati va shaxsiy tarkibi universitet kinologlariga keyingi xizmat faoliyatida ulkan zafarlar va omad tilaydi!

194
Chop etish
Text to speech