Universitet harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, ishchi-xizmatchilari bilan bev…

Universitet harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, ishchi-xizmatchilari bilan bevosita ommaviy sayyor qabu…

Bugungi kunda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Universitet rahbariyati tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini, shuningdek  ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammoli masalalarini aniqlab, uning о‘z yechimini topishida barcha chora-tadbirlar kо‘rilmoqda. Shu maqsadda Toshkent harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Jamoat xavfsizligi universitetida xizmatni о‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va ishchi-xizmatchilari uchun bevosita ommaviy-sayyor qabul tashkil etildi. Ommaviy-sayyor qabulga tashrif buyurgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari harbiy orkestr sadolari ostida kutib olindi. Tadbir avvalida yig‘ilganlarga Toshkent Harbiy prokuraturasi tomonidan tayyorlangan “korrupsiya” va “jinoyatchilikka qarshi kurashish” bo‘yicha hamda Universitetda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida videorolik yig‘ilganlarga namoyish etildi. Shundan so‘ng Milliy gvardiya Markaziy devoni mansabdor shaxslari, Toshkent harbiy prokurori hamda mas’ul xodimlari, Universitet rahbariyati shuningdek sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa davlat, jamoat tashkilotlari rahbarlari tomonidan harbiy xizmatchilar hamda fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Milliy gvardiya tizimida harbiy xizmatchilarning oilalarini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

1151
Chop etish
Text to speech