Xabaringiz bor, xavfsizlik nuqtai nazari indeksi tomonidan oʻtkazilgan tahlillarga koʻra Oʻzbekiston 121 mamlakat orasida dunyoning eng xavfsiz davlati sifatida e'tirof etilib, 1-oʻrinni egalladi. Ha, bugun jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlar xalqaro hamjamiyat e'tiborini tortmoqda. Xususan, tashkil etilganiga hali koʻp vaqt boʻlmay, xalqimiz osoyishtaligini ta'minlash sohasiga professional kadrlarni tayyorlab, oliy harbiy ta'lim muassasalariga koʻp jihatdan namuna boʻlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining qoʻlga kiritayotgan yutuqlari juda salmoqli. 2-3 yillik qisqa fursat ichida jamoani oyoqqa turgʻazib, ham ta'limning ilgʻor yangi usullari, ham oʻqitish tizimidagi shart-sharoitlar, ham ilmiy salohiyat jihatidan ibrat darajasiga koʻtarish uchun sardor haqiqiy fidoyi boʻlishi kerak. Jamoat xavfsizlik universitetining ilk qadamidanoq unga bosh boʻlib, ulkan yangilanish va yuksalish yoʻlidan bir zum ham ogʻishmay barchani ezgu ishlarga yoʻllab kelayotgan inson – polkovnik Mirzayusuf Rustambayev tom ma'noda jamoaning omadi. Kuni kecha Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 33 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, polkovnik Mirzayusuf Rustambayevga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining yuksak koʻkrak nishoni – “Benuqson xizmatlari uchun” mukofotining topshirilishi barcha uchun koʻngildagi ish boʻldi. Biz ham ilgʻor jamoaning tashabbuskor sardorini oliy mukofot bilan qutlaymiz!