Joriy yilning 14-19 may kunlari Fargʻona shahrida sportning Universal jangi turi boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda Milliy gvardiya tasarrufidagi Jamoat xavfsizligi universiteti Layt, ya'ni kurash yoʻnalishi boʻyicha: kursantlar 70 kg vazn toifasida Muxlisa Gʻofurova 1 oʻrin, 65 kg vazn toifasida Sardorbek Xasanboyev 1 oʻrin, 55 kg vazn toifasida Xumoyunjon Toshmaxmatov 3 oʻrin, 95 kg vazn toifasida Xumoyun Eshonqulov 3 oʻrin va 85 kg vazn toifasida kichik serjant Dovud Shiraliyev 3 oʻrinlarni qo'lga kiritdi. Shuningdek, klassik, ya'ni qoʻl jangi yoʻnalishi boʻyicha: universitet kursanti 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sadoqat Burxonova 1 oʻrin, 60 kg vazn toifasida Jaxongir Sultonov 1 oʻrin, 75 kg vazn toifasida Temur Yakubov 1 oʻrin, 80 kg vazn toifasida Murodjon Qurbonov 1 oʻrin, 63 kg vazn toifasida Elmira Kenjebayeva 2 oʻrin, 65 kg vazn toifasida Samandar Safarov 2 oʻrin, 70 kg vazn toifasida Lazizbek Toshpoʻlatov 3 oʻrin, 85 kg vazn toifasida Nursulton Oʻrazbekov 3 oʻrinlarni egallashdi. Pichoq otish boʻyicha: katta leytenant Shaxboz Narzikulov 3 oʻrin, leytenant Azamat Jenaliyev 2 oʻringa sazovor bo'lib, Osiyo chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi umumjamoa hisobida 3 oʻrin egallab, kubok qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.