Universal jang boʻyicha Jaxon chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari yu…

Universal jang boʻyicha Jaxon chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari yuqori natijalarni qayd etd…

Xalqaro Universal jang federasiyasining kalendar rejasiga asosan, 2025 yil 25-30 sentyabr kunlari Universal jang sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan Jaxon chempionati Xorazm viloyati, Urganch shahrida boʻlib oʻtmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Jamoat xavfsizligi universitetidan Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta oʻqituvchisi qoʻl jangi boʻyicha sport ustasi, podpolkovnik Sanjar Ibragimov murabbiyligida turli vazn toifalarida 11 nafar kursantlar (4 nafari kurash (layt) yoʻnalishida, 7 nafari qoʻl jangi (klassik) yoʻnalishida) faol ishtirok etmoqdalar.

Ushbu musobaqaning kurash (layt) yoʻnalishida 17-18 yoshdagi sportchilar oʻrtasida 60 kg vazn toifasida kursant Xasanboev Eldorbek 3 oʻrinni, 18-20 yoshdagi sportchilar oʻrtasida 80 kg vazn toifasida fahrli 1-oʻrinni kursant Fayzullaev Jaxongir egalladilar.

Shuningdek, kattalar oʻrtasida 90 kg vazn toifasida kursant Eshonqulov Xumoyun 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, mutloq Jaxon chempioniga aylandi. Terma jamoamiz sportchilariga kelgusi qoʻl jangi yoʻnalishida omadlar tilab qolamiz.

1170
Chop etish
Text to speech