O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi (ICTWEEK 2025) doirasida isht…

O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi (ICTWEEK 2025) doirasida ishtirok

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Magistratura va Bakalavriat fakultetlari hamkorligida, Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minlash kafedrasi tashabbusi bilan kursant va tinglovchilarning soha bo‘yicha qiziqishi hamda dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “CAEx Central Asian Expo Uzbekistan” ko‘rgazmasida faol ishtirok etildi. Joriy yilning 23–26 sentabr kunlari o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida qo‘riqlash sohasidagi zamonaviy innovatsion texnologiyalar va loyihalar bilan yaqindan tanishildi. Tadbir universitet vakillari uchun nafaqat ilmiy-amaliy tajriba almashish, balki sohaga oid yangi yondashuvlarni o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

 

 

 

677
Chop etish
Text to speech