“Turkiston bolalari” nomli spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi.

“Turkiston bolalari” nomli spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida ilgari surilgan muhim tashabbuslari ijrosi yuzasidan, “Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” shiori ostida “Teatr kuni” doirasida hamda 2024 yil 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishida qoʻyilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan, joriy yilning 24 yanvar kuni Oʻzbekiston Drama teatri aktyor va aktrisalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida Maxsus fakutet sirtqi ta'lim tinglovchilari oʻrtasida jadid bobolarimiz hayoti va ijodiga bagʻishlangan yangi “Turkiston bolalari” nomli spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi. Spektaklda, oʻtgan asrda Germaniyada taxsil olgan yoshlarning 1922-1937 yillardagi hayoti bilan bogʻliq voqealar oʻz aksini topgan. “Najot – ilmda!”, bir asr oldin jadid bobolarimiz tomonidan aytilgan ushbu fikrlar bugungi kun uchun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. “Turkiston bolalari” spektaklining asosiy gʻoyasi ham ana shundan iborat. Yevropada tahsil olib, yurt ravnaqi uchun oʻz xissasini qoʻshmoqchi boʻlgan yoshlar taqdiri aynan mana shu spektaklda namoyon boʻladi, zero yurt taqdirini kelajak yoshlari belgilaydi. Sahnada harakat qilayotgan qahramonlarning keng ma'nodagi samimiyligi, yonib turgan qalbi, oʻz hayotini, demak, u orqali yurti hayotini yaxshiroq, goʻzalroq koʻrishga intilish va ishonch aks etib turdi. Yurtga qaytgan yoshlar Germaniyada olgan bilimlarini hayotga tadbiq eta boshlaydilar, lekin afsuski ularning boshiga qora bulutlar paydo boʻladi. Oʻsha davrdagi tuzim umidli qorakoʻzlarning umrini bevaqt xazon qildi, faqat shifokor Sultonmurodova Mariyamgina tirik qoladi, lekin uning hayoti surgunda va ruhiy tutqunlikda davom etadi.
Tariximizning soʻnggi yuz yildan ortiqroq davrida millatimizning buyuk armoni boʻlib kelgan bugungi istiqlol orzusi dastlab manashu jadidlar koʻksida nish otgan, ular ona vatanimiz orzu-armonlari bilan maydonga chiqqan edi, jaholatga qarshi kurashish, millat sha'nini himoya qilish orqali musamlaka boʻlgan Turkistonni dunyoni taraqqiy etgan mamlakatlari sifatida koʻrishni orzu qilgan ajdodlarimiz bugun oʻz maqsadlariga erishdilar. Endilikda bizning, bugungi kun egalarining zimmasida ajdodlarimiz asriy orzularini roʻyobga chiqarishdan iborat.

853
Chop etish
Text to speech