2024-yil 10-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarining qo‘mondonlik-taktik faoliyati” 3 kursantlar batalyoni 7-kursantlar vzvodi 372-o‘quv guruhi shaxsiy tarkibi bilan Toshkent viloyati Zangiota tumani 14-o‘rta ta’lim maktabida “Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan favqulotda holatlarda maktab rahbariyati va huquqni uhofaza qilish organlarining harakatlarini muvofiqlashtirish” mavzusida hamkorlikdagi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Amaliy mashg‘ulotda o‘qituvchi va o‘quvchilarni extimoliy sodir etilishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi, so‘ngra amaliy bajarilishi tashkillashtirildi.