Mashqda qiyin – jangda oson

Mashqda qiyin – jangda oson

Shu shior ostida joriy yilning 2-12 oktyabr kunlari “Chirchiq” dala-oʻquv maydonida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti 2-bosqich kursantlari bilan dala yigʻini oʻtkazildi. Dala yigʻinida asosiy e'tibor jangovar-xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur koʻnikmalarni rivojlantirish, jangovar va murakkab vaziyatlarda boʻlinmani boshqarish, vazifalarni bajarishning turli usullarini mashq qilish, axloqiy-ruhiy va jismoniy chiniqtirishga qaratildi.
Yigʻinda murakkab sharoitlarda marsh uyushtirish, joyda joylashish va qoʻriqlovni tashkillashtirish;
jangni tashkillashtirish va jangovar vazifani bajarish davomida guruhni boshqarish;
turli toʻsiqlarni engib oʻtish;
jangovar texnikalarni boshqarish va otish vazifalarini bajarish;
himoya vositalaridan foydalanish;
tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha turli usullarni oʻrgatish va ularni mashq qilish boʻyicha kunduzgi va tungi amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Dunyoning turli mintaqalarida sodir boʻlayotgan qurolli mojarolarning tahlillari hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilgan oʻquv va treninglar asosida oʻrganilgan turli usullar ham mashq qilinib, kursantlarning koʻnikmalari mustahkamlandi. Kursantlar har bir mashgʻulot xususiyatidan kelib chiqib, turli murakkab sharoitlarda me'yorlar topshirish orqali oʻz mahoratlarini oshirishdi.

580
Chop etish
Text to speech