Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyati davom etmoqda

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyati davom etmoqda

Barchamizga ma'lumki joriy yilning 3 yanvar kuni davlatimiz rahbari tomonidan “2025 – yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora – tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qaror tasdiqlandi. Mazkur qaror bilan barcha huquqni muxofaza qiluvchi organlar tizimidagi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari respublikamizning turli hududlariga mas'ul sifatida biriktirilib, manzilli ishlarni tashkil etish vazifasi belgilandi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga davlatimiz rahbarining qarori bilan Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlari biriktirildi. Oʻtgan vaqt mobaynida Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruhlar biriktirilgan hududlarda boʻlib, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash yuzasidan manzilli ilmiy uslubiy oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda. Bunda, ishchi guruhlar tomonidan oʻrganish ishlari tashkil etilib, universitetga biriktirilgan hududlarning qizil toifaga kirgan mahallalarida “Obod va xavfsiz mahalla”, “xonadonbay” va “fuqarobay” tamoyillari asosida manzilli oʻrganish ishlari amalga oshirildi, joylarda har bir mahallaning qizil toifaga kirish sabab va sharoitlari, mazkur mahallalar hududida sodir etilgan har bir jinoyatning omillari, mahalla yettiligining ijtimoiy profilaktikani samarali tashkil etish boʻyicha faoliyati tanqidiy oʻrganilib, har bir qizil toifaga kirgan mahallalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib axborot tahliliy ma'lumotnomalar, ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar, shuningdek, har bir qizil toifaga kirgan mahalla hududida huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasini samarali tashkil etish boʻyicha hudud metodikalari ishlab chiqildi.
Jumladan, Qaror ijrosi yuzasidan Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Jamoat xavfsizligi universitetining professor-oʻqituvchilaridan tashkil etilgan ishchi guruh oʻz ish faoliyatini olib bormoqda. Guruh a'zolari tomonidan tumanning qizil toifaga kiritilgan mahallalarida Davlatimiz rahbarining “2025 – yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora – tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarorida belgilangan vazifalar boʻyicha har bir mahallada uchinchi chorak uchun ishlab chiqilgan yoʻl xaritalari, ularda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi holatlari, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar oʻrganilib, ishchi guruh a'zolari tomonidan 4-chorak uchun yoʻl xaritalarni toʻgʻri va manzilli shakllantirish boʻyicha viloyat va tuman shtabiga, shuningdek, joylardagi mahalla yettiligi a'zolariga uslubiy yordamlar koʻrsatildi. Shuningdek joriy yilning dastlabki yarim yilligida Uchtepa tumanida jami qizil toifadagi mahallalar 6 tani tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda tumanda bu toifadagi mahallalar 1 tani tashkil etmoqda. Jumladan ishchi guruh tomonidan tumanning qizil toifaga kiritilgan “Tinchlikobod” mahallasi oʻrganildi. Ishchi guruh hamda mahalla yettiligi tomonidan Qarorda belgilangan vazifalar boʻyicha ishlar samarali tashkil etilganligi, joriy yilning soʻngi 6 oyi davomida mahalla hududida birorta jinoyat sodir etilmaganligi, mahallada jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish boʻyicha ishlar tizimli yoʻlga qoʻyilganligi quvonarli holat albatta. Shuningdek ishchi guruh tomonidan tumandagi “Farxod” dehqon bozori hamda “Oʻrikzor savdo kompleksi” dagi xavfsizlik tizimi, bozor hududida sodir etilgan jinoyatlar tahlili, jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻrganildi.
Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan berilgan ilmiy asoslantirilgan taklif va taviyalar asosida mahalla hamda bozorlarda “Xavfsiz yoʻlak”, “Salomatlik yoʻlagi”, “Tezkor navbatchilik 102 punkti”, “Obyekt doimiy qoʻriqlovda” va “Obyekt doimiy kuzatuvda” kabi loyihalarning amalga oshirilganligi, mahalladagi qarovsiz, ovloq hududlarda obodonlashtirish, yoritish ishlari olib borilganligi, mahalla hududiga kirib keluvchi asosiy yoʻllar yuzni tanib oluvchi kameralar bilan jihozlanishi, mahalladagi savdo va xizmat koʻrsatish ob'ektlari hamda xonadonlar qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqlovga olinganligi mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kunashish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishning, fuqarolarning tinch-totuv, erkin va faravon hayot kechirishlarining kafolati demakdir.

1404
Chop etish
Text to speech