“O‘zbekiston kubogi 2025” nasldor itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston kubogi 2025” nasldor itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-28 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi tasarrufidagi Vatanparvar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston kubogi 2025” nasldor itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi barcha kuch tuzilmalari, kinologlari va kinologiya klublari ishtirok etishdi. Ushbu musoboqada Jamoat xavfsizligi universiteti kinologiya xizmati jamoasi ham ishtirok etib, nemis ovcharka zoti bo‘yicha ko‘rik tanlovida hakamlar tomonidan yuqori baxolandi va faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musoboqa shartlaridan biri bo‘lgan yosh nasldor itlar bo‘yicha “XENK” laqabli xizmat iti faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur musoboqada barcha zotdagi nasldor itlar o‘rtasida “MYULLER” laqabli xizmat iti, hakamlar tomonidan yuqori baholanib musobaqaning mutloq g‘olibi deb topildi. Ushbu g‘alaba bilan Universitet kinologiya xizmati jamoasiga kelgusida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

1164
Chop etish
Text to speech