Anjumanda mudofaa va xavfsizlik, shu jumladan jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlik, xavfsizlikni ta’minlashda jamoat xavfsizligini ta’minlovchi organlarning roli, ushbu yoʻnalishda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar, jumladan Rossiya, Belarus Respublikasi, Qozog’iston Respublikasi oliy (harbiy) ta‘lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari, Jamoat xavfsizligi universitetining magistratura fakulteti tinglovchilari va bakalavriyat fakulteti kursantlari ishtirok etishdi.