“Zakovat intellektual” turnirida Jamoat xavfsizligi universitetining "Favorit" va "Alfraga…

“Zakovat intellektual” turnirida Jamoat xavfsizligi universitetining "Favorit" va "Alfraganus" jamoalari birinchi v…

Mazkur intellektual o‘yinda tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar, faxriylar, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari hamda Temurbeklar maktabi o‘quvchilaridan iborat 30 ta jamoa ishtirok etdi. Turnirni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti direktori A.Abdullayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari D.Kattaxonovalar kirish so‘zlari bilan ochib berishib, jamoalarga omad tilashdi.

Ishtirokchilarning mantiqiy bilimlarini oshirish hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan turnir ko‘tarinki ruhda boshlandi.

2 raunddan iborat bo‘lgan o‘yin davomida 12 tadan jami 24 ta savol o‘rtaga tashlandi. Turli sohaga oid maʼlumotlardan tuzilgan savollarga barcha jamoa aʼzolari, tez va to‘g‘ri javob berishga harakat qilishdi.

Tadbir davomida Jadidchilik harakati siymolariga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan musiqiy asar namoyish etilib, Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xushovoz xonandalari tomonidan vatanparvarlik ruxidagi qo‘shiqlari kuylandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli Jamoat xavfsizligi universitetining kursantlardan tashkil topgan "Alfraganus" jamoasi 3-o‘ringa, 2-o‘ringa Everest jamoalari munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 1-o‘rinni Jamoat xavfsizligi universitetining ofitserlar tarkibidan tashkil topgan "Favorit" jamoasi qo‘lga kiritdi.

Sog‘lom raqobat va do‘stona ruhda o‘tgan “Zakovat intellektual” turniri g‘oliblari diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

1314
Chop etish
Text to speech