2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarning ta’lim grantlari qayta taqsimoti nisbati belgilan…

2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarning ta’lim grantlari qayta taqsimoti nisbati belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 149-son qarori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘ida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining 2026-yil 14-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i asosida Universitetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari birinchi va ikkinchi kurs talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yili bo‘yicha taqsimotga koʻra ajratiladigan toʻliq taʼlim grantlari va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantlari o‘zaro nisbati belgilandi.

 

BAKALAVRIAT TAʼLIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA

 

t/r

Shifr

Ta’lim yo‘nalishi

Ta’lim grantining bazaviy soni

To‘liq ta’lim granti

To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti

Jami

1-kurs (2025/2026-o‘quv yilida qabul qilinganlar uchun)

1.

60210100

Yurisprudensiya

6

3

6

9

2.

60310200

Psixologiya

5

3

4

7

3.

60410100

Iqtisodiyot

3

2

2

4

2-kurs (2024/2025-o‘quv yilida qabul qilinganlar uchun)

1.

60210100

Yurisprudensiya

1

1

0

1

2.

60410100

Iqtisodiyot

3

2

2

4

 

 

JAMI:

18

11

14

25

 

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisida” Nizomning 5-bandiga asosan ta’lim grantlari o‘quv yili yakunlangandan so‘ng bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi), ta’lim tili va kurslar kesimida tabaqalashtirilgan tarzda alohida qayta taqsimlanadi. Taʼlim grantlarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash jarayoni bosqichlarining aniq muddatlari oʻquv yilining davomiyligidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti boshlig‘i tomonidan belgilanadi va oʻquv yili yakunlangunga qadar eʼlon qilinadi.

4551
Chop etish
Text to speech