O‘zbekiston Universal jang federatsiyasi prezidenti Jamoat xavfsizligi universteti shaxsiy…

O‘zbekiston Universal jang federatsiyasi prezidenti Jamoat xavfsizligi universteti shaxsiy tarkibi bilan uchrashuv …

2025 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Universal jang federatsiyasi prezidenti Zokirbekov Yashnarbek Maxkambekovich Universitetga tashrif buyurib, doimiy va o‘zgaruvchan tarkib bilan suhbat o‘tkazdi. U, suhbat chog‘ida Universal jang tarixi, uning yurtimizda jadal rivojlanib borayotganligi to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek, ushbu sport turi bo‘yicha Jamoat xavfsizligi universiteti respublika, Osiyo va Jaxon miqyosidagi musobaqalarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotganligi, natijada 2024 yil yakuni bo‘yicha “Eng faol jamoa”  nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganligini ta’kidladi. Uchrashuv so‘ngida, federatsiya prezidenti Universitet rahbariyatiga ushbu sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.

2120
Chop etish
Text to speech