O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Toshkent Perfekt universiteti hamkorligida “Xalq va armiya bir tan-u bir jon” mavzusida vatanparvarlik ruhidagi madaniy-ma’rifiy tadbir tashkl etldi. Tadbir avvalida so‘zga chiqqan tashkiltochilar tomonidan yig‘ilganlarga tadbir mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, xalq va armiya birdamligini yanada mustahkamlash bo‘yicha birdamlikda harakatlanish bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berib, mazkur tadbirni ochiq deb e’lon qildilar. Shundan so‘ng, universitet harbiy orkestr jamoasi tomonidan Davlatimiz madhiyasi ijro etildi hamda barcha ishtirokchilar va harbiy xizmatchilar birgalikda jo‘r bo‘lib kuyladilar. Universitet qo‘l janggi jamoasining jangovar chiqishlari, qurol bilan saf jamoasining ko‘rgazmali chiqishlari hamda ansambl va orkestr jamoasining vatanparvarlik ruhidagi musiqiy chiqishlari bilan yig‘ilgan har bir tomoshabinlarga yanada yuqori ko‘tarinki ruh bahsh etdi. Tadbir so‘ngida o‘zining faolligi bilan barcha yoshlarga namuna bo‘lib kelayotgan bir qator talabalar, harbiy xizmatchilar hamda harbiy jamoalar diplom va esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandilar.