Avval xabar berganimizdek, ishchi guruh Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ilmiy yondashuv asosida “jinoyat oʻchoqlari”ni aniqlash va “qizil” toifadagi mahallalardagi jinoyatga imkon berayotgan shart-sharoit va omillarni kompleks oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.
Ishchi guruh tomonidan Chirchiq shahrining “Qizil” toifaga kiritilgan “Kamalak”, “Yoshlik” va “Amir Temur” MFYning ijtimoiy-iqtisodiy, kriminogen vaziyati joylarga chiqqan holda amaliy jihatdan oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganishlar davomida, asosan ishchi guruh mazkur mahallalarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning muammolariga yechim topish, ularni qiynayotgan kundalik maishiy masalalar boʻyicha murojaatlarini tinglash, mahallalarda jinoyatlar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash xamda bartaraf etish yuzasidan mahalla yettiligi bilan ham suhbatlar oʻtkazildi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan haftaning “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan ta'lim muassasalarida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi boʻyicha ham targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish ishlari qolgan mahallalarda ham davom ettirilmoqda.