Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseriga "Yoshlar akademiyasi lideri" unvoni berildi

Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseriga "Yoshlar akademiyasi lideri" unvoni berildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning 9-yanvar kuni “l4-yanvar - Vаtаn himoyachilari kuni” munosabati bilan "Harbiy sohadagi iqtidorli yoshlar va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari vа innovatsion loyihalari forumi” bo‘lib o‘tdi. Маzkur tadbirda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tizimlarida faoliyat yuritib kelayotgan iqtidorli уоshlаr va yosh olimlarning ilmiy ishlanmalari va innovatsion loyihalari ko'rgazmasi hamda eng sara ishlanmalari taqdimotlarda namoyish etildi. Shuningdek Jamoat xavfsizligi universiteti 3-kursantlar batalyonining 371A guruh kursanti Amriddinov Feruddin Zaynobiddin o‘g‘li, 372 guruh kursanti Rafiqov Bunyod Akmal o‘g‘li Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar akademiyasi a'zoligiga qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda ularning ilmiy rahbari Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, texnik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) kapitan Mambetsharipov Yusup Raxatovichga Yoshlar akademiyasi lideri unvoni berildi.

1384
Chop etish
Text to speech