Universitet muddatli harbiy xizmatchilarining dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 16-noyabr kuni poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan G‘alaba bog‘iga sayohati tashkil etildi.
Mazkur tashrif davomida muddatli harbiy xizmatchilar bayrog‘imizning ko‘kda hilpirashi uchun o‘zlarining aziz jonlaridan kechib, yurtimiz ozodligi, erki va hurligi uchun jon bergan buyuk ajdodlarni yod etishdilar.
Mazkur tadbir davomida muddatli harbiy xizmatchilar poytaxtimiz aholi va yoshlarinig ko‘ksiga milliy bayrog‘imiz aks ettirilgan lentalar taqish marosimi tashkil etishdi. Bunda barcha aholimiz ushbu voqeadan juda mamnun bo‘ldilar.