Joriy yilning 22-24-sentyabr kunlari Jizzax viloyati, "Forish" tog‘ poligonida harbiy xizmatchilar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yili 10-dekabr kunidagi PQ-40 son qaroriga asosan, ''Dovyurak jangchi'' farqlovchi ko'krak nishonini qo'lga kiritish bo‘yicha intensiv sinovlar bo'lib o'tdi. Sinovlarda harbiy xizmatchilar kompleks kuch mashqlarini bajarish, 20-metrli uzunlikdagi arkasimon narvondan qo'lda o'tish, to'liq qurol-aslaha va anjomlar hamda 15 kg yuk bilan 10 km yurish, 10 km marsh-tashlash, 10 km yurish, yagona to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish, o'q otar qurollardan otish, pichoq otish (sanchish) bosqichlaridan o‘tdilar. Ushbu sinovlarda Jamoat xavfsizligi universiteti nomidan podpolkovnik Sh. Ashrapov, mayor X. Matiyev, leytenant A. Akbaraliyev, kichik serjantlar Z. Baratov va S. Shinnayevlar muvaffaqiyatli o‘tib ''Dovyurak jangchi'' farqlovchi ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldilar.