Joriy yilning 15-yanvar kunidan 13-fevral kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tegishli bo‘linmalarining ofitserlar tarkibini tayyorlash bo‘yicha o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi. Ushbu yig‘inlarni sifatli tashkil etilishi va muvoffaqiyatli o‘tkazilishi natijasida, bo‘lg‘usi ofitserlarning har tomonlama tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishga erishildi. O‘quv yig‘ini yakunidan so‘ng, tinglovchilarga belgilangan na’munadagi sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.