O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarida professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tarzda amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida tegishli bo‘linmalardagi ofitserlarning malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘quv yig‘inlari tashkillashtirib, amalga oshirildi. O‘quv rejasi va dasturlarida belgilangan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida, joriy yilning 26-may kunidan 15-iyun kuniga qadar, Universitetning Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va tegishli davlat organlari tasarrufidagi bo‘linmalarning mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi. Ushbu yig‘inlar davomida ilg‘or texnika vositalari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning keng qo‘llanilishi, tinglovchilarning turli sohaga oid vazifalar ijrosiga shaylik darajalarini aniq belgilashga va ularning ushbu yo‘nalishlar doirasidagi kasbiy malakalarini oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni samarali amalga oshirishga xizmat qildi. O‘quv yig‘inlari yakunidan so‘ng, tinglovchilarga tantanali tadbirlar davomida belgilangan na’munadagi sertifikatlar topshirildi.