Jamoat xavfsizligi universiteti shaxsiy tarkibi va professor-oʻqituvchilari sizni tavallud ayyomingiz bilan qutlaydi.
Irmoqlardan boshlanar daryo. Ammo ustozimiz oʻz sohalarida shu qadar gʻayrat bilan sermahsul yangiliklar yaratdilarki, ularga daryo oʻzani torlik qiladi, aniqrogʻi, hayqirib turgan ummonga qiyoslasak ham oz... Chunki hamon izlanishlar, hayrli ishlar, yangi-yangi oʻzgarishlar, kashfiyotu ilmiy asarlar bu ummondan ham toshgudek darajada quyulib kelmoqda. Ustozning toʻlqinlanib turgan yaratuvchanlik rejalarini koʻrib, bu tabarruk 71 yoshni qarshilaganlariga ishongingiz kelmaydi goʻyo. Zero yoshlar bilan ishlagan sayin odam yosharib boraverar ekan. Ana shu yoshlik zavqi hech qachon ustozni tark etmasin! Hamisha erishgan muvaffaqiyatlariga olqishlar yogʻilaversin! Doimo yoshlarning oldingi safida bardam boʻlib, oʻrnak koʻrsatib yurishlarini tilab qolamiz!