“Tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 24.02.2026 sanasida universitetning kursantlari bilan “Mamlakatimizda yoshlarni bilim- ilm olishlari uchun yaratilgan sharoitlarga mening munosib jabobim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Mazkur davra suhbatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning bugun “Ko‘ksaroy” qarorgohida 60 mingdan ziyod yoshlar bilan muloqot o‘tkazilayotgan bir vaqtda bo‘lib o‘tayotganligi diqqatga sazovordir. Prezidentimiz muloqot davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar erishilgan quvonchli natijalar, navbatdagi vazifalar va ularni amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirildi, aniq natijador ko‘rsatmalar berildi.Ushbu masalaga mutasaddi tashkilotlar, jumladan Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari oldiga qator vazifalar qo‘yildi.
Bugungi o‘tkazilgan davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad, kursantlarning mazkur masalada fikr- mulohazalarini tinglash, jumladan yaratilgan ushbu keng imkoniyatlardan qanday samarali foydalanayotganligini, kelajakda shakllangan mutaxassis sifatida ushbu sharoitlarga munosib javoblarini qay darajada tasavvur etishlarini tahlil etish, zarur ko‘rsatmalar berishdan iborat.