“Xakerlik ustasi” (CTF-turneri) musobaqasi kursantlar orasida axborot xavfsizligi madaniyatini oshirish, kiberxavfsizlik sohasida bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganishga qiziqishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.
Musobaqada Universitet kursantlari va tinglovchilari faol ishtirok etib, kriptografiya, tarmoq xavfsizligi, veb-ilovalar xavfsizligi, zararli dasturlarni tahlil qilish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar berilgan amaliy vazifalarni belgilangan vaqt ichida bajarish orqali ball to‘pladilar.
CTF-turner yuqori raqobat va qizg‘in muhitda o‘tdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topilib, faxrli 1-o‘rinni 113-o‘quv guruhi kursanti Anvarov Fayozbek, 2-o‘rinni 261-o‘quv guruhi kursanti Ro‘zmamatov Diyorbek hamda 3-o‘rinni 111-o‘quv guruhi kursanti Sabirov Mirzobek egalladilar. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir kursantlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, Qurolli Kuchlar nufuzi va harbiy xizmatning jamiyatdagi o‘rnini yanada oshirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlashda malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bunday musobaqalar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishi rejalashtirilgan.