O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qu…

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qurollangan politsiyasi kom…

Joriy yilning 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsiziligi universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik Chjan Xunbin boshchiligidagi delegatsiya Universitetga tashrifi amalga oshirildi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti faoliyati hamda infratuzilmasi bilan tanishish va ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yishdan iborat. Dastlab, delegatsiya vakillarini Universitet boshlig‘i polkovnik M.X.Rustambayev kutib olib, Universitet “O‘quv binosi”da joylashgan ma'ruza xonalari bilan tanishishga taklif qildi, Universitet boshlig‘i tanishtiruv mobaynida  delegatsiya vakillariga O’zbekiston va Xitoy davlatlari o’rtasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda qo’shayotgan hissasi uchun chuqur minnatdorlik izhor etib, o’zaro do’stlik va umumiy manfaat beruvchi aloqalar davomiy bo’lishiga umidvorligini bildirdi va shu o‘rinda Universitet tarixi va faoliyati toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Universitetda, bevosita ilmiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar xorijiy delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari Universitet infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirildi. Universitet Axborot-resurs markazi binosi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, sport majmuasi bilan tanishdilar, kursantlarning sifatli bilim olishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha delegatsiya a’zolari ijobiy fikrlar bildirdilar.

197
Chop etish
Text to speech